“Garmdori” xilida tuzilgan tasma
Bitta g’altakning og’irligi – 280g-1kg
10 tadan g’altak qadoqlanadi
Bitta eshilgan polipropilen tasmadan tayyorlangan
900-1000 m mahsulot vazni 1 kilogram
- pomidor va bodringlarni tik holda bog’lash uchun
- ko’chat, shuningdek quticha va tovarlarni qadoqlash
- xo’jalik ishlari maqsadida
Tavsif
Pomidor, bodring va boshqa baland o’suvchi o’simliklarning poyalari qanchalik mustahkam bo’lmasin, barcha tomorqa egalari, sifatli hosil olish, ularning o’simliklarga og’irligini tushirmaslik maqsadida poyalarni osib qo’yishni tavsiya qiladilar.
Issiqxonalar uchun mo’ljallangan tuzilgan tasma – bu issiqxona
ho’jaligidagi ajoyib qaror – karkasga o’simlik poyalarini osib bog’lab qo’yish. Tasmani issiqxonaning har qanday darajasida o’rnatish mumkin.
Shuningdek o’simlik turi va tasma xiliga qarab, yotiq yoki tik holda o’rab bog’lash mumkin.
Shuni aytish joizki, ko’p hosil beruvchi nozik o’simliklarni osib bog’lab qo’ymasdan siz mo’l hosil ola olmasligingiz, yoki butunlay hosilsiz qolishingiz ehtimoli bor. Garmdori, gullar, pomidor yoki bodringlar tirgakka tirkalgan bo’lsa, ularni parvarish qilishda tomorqada ishlovchi kishining o’zi ham ko’p vaqt va mehnat sarf qilmaydi.
“Garmdori” xilida tuzilgan tasma universaldir. Chunki uni qadoqlashda, shuningdek boshqa xo’jalik maqsadlarida ham ishlatish mumkin. Tuzilgan tasmaning afzalligi – bu uning tejamkorligi, u odatdagi polipropilen tasmadan taxminan 40 foizga uzun.